Fransiya bilan xalqaro hamkorlik masalalari mustahkamlanmoqda
Foto: IIV
Joriy yilning 7-aprel kuni Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Toshpo‘latov hamda Fransiya Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Fransiyaning razvedka va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchisi janob Paskal Mayos (Pascal Mailhos) o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir jarayonida tomonlar o‘zaro amaliy hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari, xususan, terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda o‘zaro tajriba almashish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildilar.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring