Foto: 2021-yil Oʻzbekistonda 13 ta yangi markaziy masjid ochiladi
Soʻnggi uch yil maʼlum maʼnoda masjidlarni taʼmirlash, obod etish davri boʻlyapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu vaqt oraligʻida yurtimizda 256 ta masjid qaytadan qurildi, 308 tasi esa kapital taʼmirlandi. Binolari eskirib, nurab qolgan, shuningdek, namozxonlar uchun torlik qilayotgan kichik ibodat uylari oʻrnida shaharsozlik andozalariga mos zamonaviy talablar asosida keng va shinam jomelar qad koʻtarmoqda. Baʼzilari katta yoʻl boʻylariga chiqarib qurilmoqda. Bu esa ichki va tashqi ziyorat turizmi doirasida qoʻshimcha imkoniyat va qulayliklar tugʻdiradi.
Ayni paytda 218 ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi shu yili bitkazilib, moʻmin-musulmonlarni oʻz bagʻriga chorlaydi, yangicha imkoniyatlarda huzur-halovat ila ibodat quvonchiga sabab boʻladi.
Musulmonlar idorasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda quyidagi markaziy masjidlar foydalanishga topshiriladi.
1. "Xonobod" masjidi
Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri
Sigʻimi: 4000 kishi
Meʼmoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021-yil avgust oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.

2. "Akbarali ota" masjidi
Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani
Sigʻimi: 1500 kishi
Meʼmoriy uslubi: sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh

3. "Xoji Abdulloh al Ansoriy" masjidi
Manzil: Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani
Sigʻimi: 2000 kishi
Meʼmoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil dekabr oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: uch tomonlama kirish yoʻli, keng avtoturargoh

4. "Qorashbuva" masjidi
Manzil: Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani
Sigʻimi: 1500 kishi
Meʼmoriy uslubi: Yangi klassika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil sentyabr oyi

5. "Oʻtovli Eshon" masjidi
Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani
Sigʻimi: 250 kishi
Meʼmoriy uslubi: anʼanaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil may oyi (Ramazon hayiti)

6. "Devonaboy" masjidi
Manzil: Andijon viloyati Andijon shahri
Sigʻimi: 15000 kishi
Memoriy uslubi: anʼanaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish muddati: 2021-yil Aprel (Ramazon) oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: Veb-sayt faoliyati uchun aloxida xona, anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.

7. "Abdulhamid qori" masjidi
Manzil: Andijon viloyati viloyati Xonobod shahri
Sigʻimi: 3000 kishi
Meʼmoriy uslubi: anʼanaviy-milliy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil sentyabr oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: ayollar uchun tahoratxona va namozxona

8. "Sarimozor" masjidi
Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Sigʻimi: 5000 kishi
Memoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vakti: 2021-yil avgust oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, oshxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

9. "Qilichbek Qoʻrgʻoncha" masjidi
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
Sigʻimi: 1800 kishi
Meʼmoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil dekabr oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: kutubxona, kitob doʻkoni.

10. "Boymoqli" masjidi
Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani
Sigʻimi: 860 kishi
Meʼmoriy uslubi: Sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil avgust oyi.
Qoʻshimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona.

11. "Dilkusho" masjidi
Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahar
Sigʻimi: 2000 kishi
Meʼmoriy uslubi: tarixiy-anʼanaviy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil mart oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kishilik dam olish xonasi (mehmonxona), ayollar uchun namozxona

12. “Siroj solih” masjidi
Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani
Sigʻimi: 4000 kishi
Meʼmoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi Qoʻshimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya

13. “Kulol qoʻrgʻon” masjidi
Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani
Sigʻimi: 3500 kishi
Meʼmoriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi
Qoʻshimcha imkoniyatlari: sartaroshxona, 30-35 sigʻimli ichki avtoturargoh (“parkovka”), kitob doʻkoni, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring