Florida sohillarida AQSH harbiy samolyoti halokatga uchradi
Kecha AQSHning Florida shtati sohillari yaqinida mamlakat harbiy havo kuchariga tegishli bo‘lgan “F/A-18 Hornet” rusumidagi qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.
“FoxNews” telekanali xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa Ki-Uest oroli yaqinida ro‘y berdi. Har ikki uchuvchi katapulta vositasida qulayotgan havo transportidan irg‘ib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ular topilib, shifoxonaga yotqizilgan. Lekin oxirgi tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki uchuvchi shifoxonada vafot etgan.
Samolyot mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan edi. Fojianing kelib chiqish sabablari o‘rganilayapti.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qiruvchi samolyot “VFA-213 Blacklions” eskadrilyasi tarkibida Iroq va Suriyada “Islom davlati” terrorchilariga qarshi uyushtirilgan harbiy hujumlarda ishtirok etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring