Finlyandiya Rossiya bilan nazorat-oʻtkazish punktlarini ochish shartlarini maʼlum qildi

17:00 11 Dekabr 2023 Dunyo
542 0

Foto: Globallookpress.com

Finlyandiya vaziyat normallashganidan keyin Rossiya bilan chegarani bosqichma-bosqich ochishga tayyor boʻladi.

Agar vaziyat normallashsa, Finlyandiya Rossiya bilan chegarani bosqichma-bosqich ochishga tayyor. Nazorat-oʻtkazish punktlari ishini tiklash shartlarini Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Elina Valtonen maʼlum qildi.

Valtonenning soʻzlariga koʻra, Finlyandiya — Rossiya chegarasida vaziyat tinch boʻlishiga qaramay, u yerda hali ham odamlar bor. Shu oʻrinda Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari mamlakat rasmiylari “Rossiyaning harakatlariga qatʼiy munosabat bildirishga” tayyorligini qoʻshimcha qildi.

Manbaga koʻra, nazorat-oʻtkazish punktlarining ish rejimi boʻyicha qarorlar 13 dekabrdan kechiktirmay qabul qilinadi.

Avvalroq Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegarada nazorat-oʻtkazish punktlari faoliyatini yuritishning ikkita variantini koʻrib chiqayotgani xabar qilingandi. Birinchi ssenariyga koʻra, Finlyandiya sharqiy chegara yopiq qoldirilishi mumkin va u orqali faqat yuk mashinalari oʻtishiga ruxsat beriladi. Ikkinchi variant shu haftada bir yoki bir nechta nazorat-oʻtkazish punktlarining ochilishini nazarda tutadi.

Finlyandiya Rossiya bilan chegaralarini shu yilning 30 noyabr kuni yopgan edi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi Parikkala nazorat-oʻtkazish punkti 2022 yilning aprel oyida yopib qoʻyilgandi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер