FIFA prezidenti Eron Jahon chempionatida qatnashishini tasdiqladi
FIFA prezidenti Janni Infantino 2026-yilgi Jahon chempionatida futbol boʻyicha Eron terma jamoasi ishtirok eta olishi aniq ekanini taʼkidladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Bugun men Amerika Qoʻshma Shtatlarining prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdik. U bilan Jahon chempionati tashkiliy masalalarini muhokama qildik.
Suhbat chogʻida Eron terma jamoasining Jahon chempionatida ishtiroki masalasini ham gaplashdik. Prezident Tramp Eron termasiga musobaqada ishtirok etish boʻyicha hech qanday toʻsiq boʻlmasligini aytdi. Futbol dunyoni birlashtiradi”, degan Infantino.
Oldinroq OAVda Eron terma jamoasi mundialda ishtirok eta olmasligi haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring