FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi

16:33 25 Noyabr 2020 Sport
976 0

Fotо: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oʻzining rasmiy saytida yilning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari roʻyxatini eʼlon qildi.

Ular: Marselo Byelsa (“Lids Yunayted”), Xans-Diter Flik (“Bavariya”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Xulen Lopetegi (“Sevilya”), Zinedin Zidan (“Real”).
Marosim 17-dekabr kuni onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Ovoz berish 25-noyabrda boshlanib, 9-dekabrda yakunlanadi.

Oldinroq Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oʻzining rasmiy saytida yilning eng yaxshi goli uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер