FIFA 2022-yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni eʼlon qildi

23:28 12 Yanvar 2023 Sport
1531 0

Foto: Reuters

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oʻzining rasmiy saytida 2022-yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi. 

Unda Julian Alvares (Argentina, «Manchester Siti»), Jude Bellingem (Angliya, «Borussiya Dortmund»), Karim Benzema (Fransiya, “Real”), Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»), Erling Xoland (Norvegiya, «Manchester Siti»), Ashraf Hakimi (Marokash PSJ), Robert Levandovski (Polsha, “Barselona”), Sadio Mane (Senegal, “Bavariya”), Kilian Mbappe (Fransiya, PSJ), Lionel Messi (Argentina, PSJ), Luka Modrich (Xorvatiya, «Real), Neymar (Braziliya, PSJ) ), Muhammad Saloh (Misr, “Liverpul”), Vinitsius Junior (Braziliya, “Real”) kabi futbolchilar joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilgi “Oltin toʻp” sohibi Fransiyalik futbolchi Karim Benzema hisoblanadi. U oʻtgan yilda Chempionlar ligasida “Real Madrid” bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер