“Fenomen” seriali tasvirga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va “Alpha technologies” MCHJ bilan hamkorlikda “Fenomen” seriali suratga olinmoqda.
“Fenomen” cerialda para-psixologik kuchga ega boʻlgan gʻayritabiiy imkoniyatdagi Humoyun ismli yigit taqdiri hikoya qilinadi. Kinokartinada oilaga hurmatsizlik, hiyonat, sutxoʻrlik, odam savdosi, onlayn-qimor, korrupsiya, giyohvandlik, ommaviy bezorilik, jinoyatchilik, shirk amallar va tuxmat kabi biz jamiyatda duch keladigan ijtimoiy muammolar qoralanadi.
Film prodyuseri - Alisher Ahmadjonov, rejissyor - Sardor Sagdiyev, ssenariy muallifi - Sirojiddin Rustamov, Operator - Alisher Ahmedov.
Bosh rollarni Bekzod Abdumalikov, Lola Eltoyeva, Maftuna Ibragimova, Gulshan Marshal, Zokir Ochildiyev va Muyassar Berdiqulova kabi aktyorlar ijro etishmoqda.
Hozirda serialning suratga olish jarayoni nihoyalanib, montaj ishlari boshlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring