Fazliddin Erkinboyev ham oltin medalga ega chiqdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan “Strandja” turnirining erkaklar oʻrtasidagi final janglari boshlandi.
Final janglarini 75 kgda jang qiladigan hamyurtimiz Fazliddin Erkinboyev boshlab berdi.
Charm qoʻlqop ustamiz hal qiluvchi jangda mezbonlar vakili Rami Kivanga qarshi bahs olib bordi. Yakunda Erkinboyev 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring