Fargʻonaga yana koronavirus qaytdi
2020-yil 6-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Fargʻona viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 3664 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, hududlarning toifalar boʻyicha yangilangan roʻyxatida faqat Fargʻona viloyati hududi toʻliq “yashil” rangda edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring