Fargʻonaga Xitoydan zamonaviy avtobuslar olib kelindi

10:51 27 Avgust 2024 Jamiyat
472 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida jamoat transporti xizmati sifatini yaxshilash hamda avtobuslar parkini yangilash boʻyicha izchil saʼy–harakatlar olib borilmoqda.

Bayram kunlari “Fergana City Bus” MCHJ tomonidan olib kelingan Xitoyda ishlab chiqarilgan “Zong Tong” rusumli 10 ga yaqin zamonaviy avtobuslar aholiga xizmat koʻrsatishga kirishdi. Oʻz navbatida, mazkur korxona tomonidan joriy yilning 10-sentyabr kuniga qadar yanada 6 ta avtobus olib kelinadi. Yoʻlovchilar tirbandligi kuzatilayotgan yoʻnalishlarda qatnay boshladi.

Fargʻona viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, keyingi oyda viloyatdagi aholiga jamoat transporti xizmati koʻrsatuvchi “Vodiy Imkon Trans”, “Toshloq Avto Servis” va “Fergana Avtotrans Xizmat” MCHJlari avtobus parklari Xitoydan kelgan yana 40 ga yaqin yangi avtobuslar hisobiga kengayishi maqsad qilingan.

Shuningdek, aholi murojaatlari asosida Qoʻqon shahrida faoliyati toʻxtab qolgan 85–sonli “Katta minglar – Yangi bozor” avtobus yoʻnalishi qayta tiklandi. Bu yoʻnalishda avtobuslar qatnovi joriy yil fevral oyidan toʻxtatilgan va buning natijasida yoʻlovchilar noqulayliklardan aziyat chekayotgandi.

Yaqinda mazkur yoʻnalishda “Bekavtoyoʻlovchitrans” MCHJ tasarrufida boʻlgan 6 dona “Isuzu” rusumli avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilib, aholining haqli eʼtirozlari bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер