Fargʻonadan Turkiyaga gul koʻchatlari eksport qilinadi
Foto: "Xalq so'zi"
Fargʻona tumanida joylashgan “Selem Oʻzgan” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Turkiya tajribasi asosida manzarali daraxt va gul koʻchatlari yetishtirish yoʻlga qoʻyildi.
Ahamiyatlisi, bu yerda yetishtiriladigan noyob manzarali gul koʻchatlari asosan Turkiya davlatiga eksport qilinadi. Ayni paytda korxonada shu maqsadda 25 mingga yaqin butasimon gullar koʻchatlari yetishtirilmoqda.
— Hozirgi kunda 10 xil turdagi manzarali gul koʻchatlarini parvarishlayapmiz, — deydi korxona ish yurituvchisi Salohiddin Erkinov. — Viloyat hokimligi koʻmagida kooperatsiya usulida gul yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiya tashkil qilish uchun qoʻshimcha yer maydoni biriktiriladigan boʻldi. Bu faoliyatimizni yanada kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring