Fargʻonadagi “zapravka”da katta yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatidagi “zapravka”da katta yongʻin yuz berdi. Hududiy FVB bergan maʼlumotga koʻra, ayni paytda yongʻin qurshab olingan.
«Yongʻinni oʻchirish ishlari olib borilyapti. Hech qanday vahimaga oʻrin yoʻq. Vaziyat nazorat ostida», – deyiladi rasmiy xabarda.
Hozircha yongʻinning kelib chiqish sabablari, zarar miqdori va jabrlanganlar haqida hech qanday maʼlumot berilmadi. Shunday boʻlsada, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli video va fotolar orqali voqeaning qay darajada jiddiy tus olganini anglash mumkin.
Xususan, quyidagi videoda AYOQSH hududida turgan “Cobalt”ning yonayotgani tasvirlangan. Turli norasmiy manbalar mashina ichida boʻlgan fuqarolar kuchli portlash va yongʻin oqibatida halok boʻlgani haqida yozmoqda.
Mazkur rasmdan ham koʻrinadiki, koʻngillilar oʻtirgan holida yonayotgan odamni oʻchirishga harakat qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring