Fargʻonada jahon chempionatlari uchun futbol toʻplari ishlab chiqariladi
Foto: “Xalq so‘zi”
Futbol boʻyicha jahon chempionati, Yevropa chempionlar ligasi musobaqalari uchun toʻplar ishlab chiqaruvchi Pokistonning “Forward Group” kompaniyasi Fargʻonada hamkorlikda to'p ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Fargʻona viloyati hokimligida “Forward Group” kompaniyasi direktori Axtar Xvaja boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda bu borada oʻzaro fikr almashildi.
“Adidas”,”Nike”, ”Diadora”, ”Star sports” va boshqa brendlar uchun sport buyumlari va futbol toʻplari ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya tomonidan kiritilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyiha Fargʻona shahrida tadbirkor Baxtiyor Toshpoʻlatov tomonidan tashkil etilgan hamda 2010-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan toʻp ishlab chiqarish korxonasi negizida amalga oshirilishi maqsad qilingan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring