Fargʻonada yangi avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

10:51 19 Avgust 2025 Jamiyat
356 0

Fargʻona shahrida aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Ayni jarayondagi saʼy-harakatlar doirasida kuni kecha “Fargʻonaavtotrans xizmat” MCHJ tomonidan Xitoydan yana qoʻshimcha 24 dona “YUTONG” avtobuslari olib kelindi. Yangi avtobuslar yaqin kunlarda Fargʻona shahri avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

— Hamkorlik kelishuvlariga koʻra, joriy yilning sentyabr oyi yakuniga qadar Xitoydan yana 30 ga yaqin zamonaviy avtobuslar olib kelinishi maqsad qilingan, — deydi Fargʻona viloyati transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Shamsurbek Mahmudov. — Buning uchun ikki tomonlama shartnoma imzolanib, pul mablagʻi toʻliq oʻtkazib berilgan.

Botir MADIYOROV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер