Fargʻonada uch nafar bola choʻkib, vafot etdi

14:55 06 Iyun 2024 Jamiyat
341 0

Kecha, 5-iyun kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi fermer xujaligi yer maydonida joylashgan sunʼiy suv havzasiga choʻmilish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida choʻkib, vafot etgan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

“Bunday koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida choʻmilish ruxsat etilmagan, taʼqiqlangan, oqim tezligi yuqori boʻlgan, chuqur, oʻziga notanish boʻlgan suv havzalarida choʻmilmaslik qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻrab qolamiz”, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер