Fargʻonada terrorchilik guruhi aʼzolari qoʻlga olindi

17:47 28 May 2020 Jamiyat
1739 0

2020-yilning may oyida Fargʻona viloyatida istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taʼqiqlangan “Hizb ut- Tahrir” terrorchilik tashkilotini bir guruh aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ular muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga aʼzo boʻlganliklari uchun jazo muddatini oʻtab chiqqan boʻlib, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy koʻmakka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida “Hizb ut-Tahrir” gʻoyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini oʻtab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakarlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qoʻyilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularning Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер