Fargʻonada qorbobolar sayli boʻlib oʻtdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona va Qoʻqon shahrida bir necha hududga oʻrnatilgan Yangi yil archalari bayramona bezatilib, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, konsert dasturlari oʻtkazilmoqda. Bayram tadbirlari doirasida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyi oldida Sharqiy harbiy okrugi orkestri jamoasi boshchiligida qorbobolar sayli boʻlib oʻtdi. Qorbobolar va harbiy orkestrning jonli ijrosi yigʻilganlarga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Qorbobolar sayli yoqimli musiqa sadolari ostida Fargʻona shahrining asosiy koʻchalari boʻylab harakatlanib, koʻngilochar oʻyinlari, shirin tabassumi, ayniqsa, sovgʻalari bilan bilan bolajonlarni xushnud etdi. Mazkur sayl Ekoshahar boʻylab davom etib, Yangi yil archasi atrofida kichkintoylarga bayram sovgʻalari ulashildi.

— Shahrimizda oʻtkazilayotgan qorbobolar sayliga nabiralarimni olib chiqib, chinakam bayram kayfiyatini his etyapmiz, — deydi Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Adhamjon Mirsaidov. — Yangi yil bayramini bolajonlar intiq boʻlib kutishi bejiz emas. Bayramda bolajonlar quvonsa, butun olam yasharadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring