Fargʻonada ota va oʻgʻil is gazidan zaharlandi
Fargʻona viloyatida ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 18-noyabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. 62 yoshli erkak va uning 31 yoshli oʻgʻlining zaharlanishining sababi isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanganligida boʻlishi mumkin.
Voqea joyida tezkor tergov guruhi ishlamoqda, ular hodisa tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring