Fargʻonada noqonuniy tamaki savdosi bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona shahrida noqonuniy tamaki mahsulotlarini 50 million soʻmga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Fargʻona shahri boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.Yu. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 2 000 quti “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 50 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring