Fargʻonada metan “zapravka” davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan . Unda “F.M.” MChJ masʼul shaxslari Oʻzbekiston tumani Qaynar MFY hududidagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida oʻrnatilgan gaz hisoblagichga avtomatik oʻchirib yoqish qurilmasini oʻrnatib, 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring