Fargʻonada maktab oʻquvchisi va uning onasini kaltaklagan shaxs ushlandi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatining Margʻilon shahridagi maktabda ayol va uning oʻgʻli begona erkak tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 2-mart kuni M.K. (videotasvirdagi ayol) Margʻilon shahar Istiqlol mahallasidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 5-sinfida oʻqiydigan oʻgʻli M.E.ni koʻrgani borgan. Shu vaqtda fuqaro J.X. (erkak) uning farzandini doʻpposlab urayotganini koʻrib, ajratmoqchi boʻlgan.
Biroq J.X. bezorilik harakatlarini davom ettirib, M.K. va M.E.ni badanining turli joylariga urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Margʻilon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring