Fargʻonada “Lacetti”ning gaz balloni portlab ketdi. Qurbon bor
Foto: Videodan kadr
Fargʻona viloyati Rishton tuman markazida avtomashinaga oʻrnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun 27-iyun kuni Rishton tuman markazidagi dehqon bozori hududida sodir boʻlgan. “Lacetti” rusumli avtomashinaning 52 yoshli haydovchisi transport vositasini bozor hududiga qoʻyib, oʻzi savdo qilish uchun ichkariga kirib ketgan.
Shu vaqtda, avtomabilga oʻrnatilgan gaz balloni portlab, yongʻin kelib chiqqan. Portlash oqibatida, shu yaqin atrofda boʻlgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
IIBga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring