Fargʻonada “Yilning eng yaxshi axborot – kutubxona mutaxassisi” tanlovi gʻoliblari saralandi

18:24 10 Oktyabr 2023 Jamiyat
733 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2023» koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Unda 26 nafar mutaxassis gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi.

Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchining ravon nutqi, kitob haqidagi maʼlumotni tushunarli va toʻliq ochib berganligi kabi muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, ular kutubxonachilik sohasi, AKT va huquqiy savodxonlik boʻyicha Respublika axborot-kutubxona markazi tomonidan onlayn tartibda oʻtkazilgan test sinovlarida qatnashdilar.

Bahs – munozaralarga boy tarzda oʻtgan tanlovda natijalariga koʻra, uchinchi oʻrin Uchkoʻprik tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ziyoda Mamaziyayevaga nasib etgan boʻlsa, ikkinchi oʻringa Furqat tumani axborot-kutubxona markazining axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Sanʼat Musaliyev munosib koʻrildi.

Fargʻona viloyati axborot-kutubxona markazi umumiy oʻquv zali sektor mudiri Oygul Abdullayeva faxrli birinchi oʻrinni egalladi hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер