Fargʻonada firibgar ayol 135 millionga piyozni arzon narxda olib berishni vaʼda qilgan

03:52 16 Yanvar 2022 Jamiyat
1128 0

Joriy yilning 8-yanvar kuni ichki ishlar boʻlimiga fuqaro 135 million soʻm pul oʻgʻirlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil oktabr oyida Oybek mahallasida nomaʼlum ayol fuqaroning ishonchiga kirib, unga arzon narxda piyoz olib berishni vaʼda qilib, buning uchun undan 135 million soʻm pul olib qoʻygan. Ammo ayol firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgan pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab, bergan vaʼdasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tezkor tadbirlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan firibgarning shaxsi aniqlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayol uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер