Fargʻonada “Cobalt” va “Lacetti” toʻqnashib yonib ketdi

14:24 09 Avgust 2025 Jamiyat
326 0

Foto: Fargʻona YHXB

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida sodir boʻlgan dahshatli yoʻl-transport hodisasida ikki nafar yoʻlovchi jabrlandi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-avgust kuni Bagʻdod tumani Muqimiy MFY hududidan oʻtgan D105 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 276-kilometrida 1995-yilda tugʻilgan S.X. “Cobalt” avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib 1983-yilda tugʻilgan T.D. boshqaruvidagi “Lacetti”ga borib urilgan.

Toʻqnashuv dan soʻng har ikki avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

Shuningdek, yoʻl-transport hodisasi tufayli “Damas”, “Nexia-3” va “Nexia-1” rusumli transport vositalariga ham texnik shikast yetgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер