Fargʻonada aholi muammolari beeʼtibor qolmayapti

15:12 29 Avgust 2019 Jamiyat
1293 0

Fargʻona viloyati 2-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Bagʻdod tumanida oʻtkazildi.

Qabul davomida 46 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi va 41 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning oʻzida yechim topildi.

Murojaatlar asosan ichimlik suvi taʼminoti, sogʻliqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid boʻldi.

Xususan, “Govxona” qishlogʻining Tadbirkor va Qoʻshchinor koʻchalari, “Qaroqchitol” va “Qorovultepa” qishloqlarida aholini toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji mavjudligi, ichimlik suvi tarmogʻi va nasoslar taʼmirga muxtojligi maʼlum boʻlib, bu masalalarni koʻtargan T.Raxmonov, U.Isaqov, X.Sarimsoqova, X.Ermatovlarning murojaatlarini ijobiy xal etish choralari belgilandi.

Shuningdek, tuman markazidagi koʻp qavatli uylarda yashovchi axolining murojaatiga asosan kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash va maishiy chiqindilarni belgilangan vaqtda tashib ketishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli tashkilot rahbarlarining masʼuliyati oshirildi.

Sayyor qabul jarayonining oʻzida 5 nafar shaxslar ishga joylashtirildi, 2 nafariga nogironlik aravachasi, 1 nafariga eshitish uskunasi berildi, 2 nafari davolanishga yotqizildi, 2 nafariga sihatgohga bepul yoʻllanmalar berildi.

- joriy yilda xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha oliy oʻquv yurtini tamomlagan boʻlsamda, hozirga qadar ishga joylasha olmadim. Sayyor qabul davomida murojaatim ijobiy hal etilib, maktabga ishga joylandim, - deydi “Churindi” qishlogʻida M.Alijonova.

- buzilishga tushgan savdo doʻkonim oʻrniga tuman hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilmagani haqida murojaat qildim. Murojaatim tegishli tashkilot vakillari ishtirokida koʻrib chiqilib, ijobiy hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi,- deb murojaat qildi Bagʻdod shaharchasida yashovchi B.Mirzaqulov.

Shu bilan birga, viloyat prokurori tomonidan kam taʼminlangan oilalarning xonadonlariga borildi.

Xususan, fuqaro Z.Usmonovaning xonadoniga borilganda, oilada 4 nafar fuqarolar istiqomat qilishi, oʻzi va qizi M.Ubaydullayeva ishsizligi, ikki nafar farzandi maktab oʻquvchisi ekanligi, oila Z.Usmonovaning yollanma mehnati orqali kun kechirayotganligi, yashash uyi 1959-yilda qurilgan boʻlib, taʼmirga muxtojligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganish davomida, ikki xonadondan iborat yashash uyi qurish masalasini koʻrib chiqish haqida mutasaddilarga koʻrsatmalar berilib, Z.Usmonova va qizi M.Ubaydullayevalarni ishga joylashtirilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, F.Isaqovaning yashash xonadoni oʻrganilganda, xonadonda

2 nafar farzandlari bilan birga yashab kelayotganligi, F.Isaqova kasalligi, qizi D.Isaqova ishsizligi, oʻgʻli I.Raximberdiyev nogironligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganish davomida, F.Isaqovani yashash uyini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, oʻzini va farzandini davolash chora-tadbirlari belgilanib, qizi D.Isaqovaga bepul tikuv mashinasi berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер