Fargʻonada 44 mln soʻmlik sochlar ayoldan tortib olindi
10-fevral kuni fuqaro B.B, Oʻ.N, A.D, va X.J. bir guruh boʻlib, Quva koʻchasida joylashgan dala yer maydonida Q.Z. ismli ayolni oldiga kelishib, narxi 44.100.000 soʻmlik toʻrt dona qoplarda joylangan 70 kg. sochlarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring