Fargʻonada 412 mln soʻmlik psixofaol dorilar fosh etildi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatida Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Chegara qoʻshinlari hamda Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ichki ishlar hamda bojxona idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona tumanidagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada, unda 1956-yilda tugʻilgan shaxsga tegishli 6880 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Maʼlum boʻlishicha, kelgusida Toshkent shahrida sotilishi rejalashtirilgan ushbu dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan boʻlib, umumiy qiymati 412 mln soʻmni tashkil etadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring