Fargʻonada 4 nafar egizak tugʻildi
Fargʻona viloyati Perinatal markazida 2024-yil 1-may kuni 4 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda «Vodiy24» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ularning 1 nafari qizaloq va 3 nafari oʻgʻil bola. Chaqaloqlarning oʻrtacha ogʻirligi 1 kilogramm 300 gramm — 1 kilogramm 400 grammni boʻlgan. Ular ona suti bilan oziqlanmoqda va shifokorlar nazorati ostida.
«5-yil farzand soʻradim, kutdim. Homiladorlik davrimda esa 7 haftaligida 3 nafar ekanini, 10 haftaligida esa 4 nafarligidan xabar topdim», deydi egizaklarning onasi.
Bolalarga Fotimaxon, Muhammad Ali, Muhammad Yusuf, Muhammad Sodiq deb ism qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring