Fargʻonada 18,8 million dollarlik mineral oʻgʻitlar eksport qilindi

19:01 01 Avgust 2022 Jamiyat
1021 0

Foto: Халқ сўзи

Mineral oʻgʻitlarga nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham talab yuqori. Mamlakatimizda umumiy ishlab chiqariladigan mineral oʻgʻitlarning qishloq xoʻjaligida yil davomida foydalanishdan ortgan qismini eksport qilish tartibi ishlab chiqilgan boʻlib, bu borada asosiy eʼtibor mineral oʻgʻitlar tanqisligining oldini olishga qaratilgan.

Bojxona sohasida ham eksport tovarlarini bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi oʻz natijasini bermoqda. Shu tariqa eksportga yoʻnaltirilayotgan tovarlarning 90 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilyapti.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning olti oyi davomida umumiy qiymati 400,5 million dollarlik tovarlar dunyoning 55 ta mamlakatiga eksport uchun rasmiylashtirildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, eksport tovarlarining 314,7 million dollari yoki 76 foizini sanoat mahsulotlari hamda 85,8 million dollari yoki 24 foizini meva-sabzavot tashkil etdi. Asosiy eksport tovarlari qatoridan kalava ip, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, keramika buyumlari, metallar va ulardan yasalgan mahsulotlar oʻrin oldi.

Fargʻona viloyatining umumiy eksportida katta ulushga ega boʻlgan tovarlardan biri mineral oʻgʻitlardir. Shu yilning birinchi yarmida eksportning deyarli 6 foizini 76,7 ming tonna - 18,8 million dollarlik mineral oʻgʻitlar tashkil etmoqda. Mineral oʻgʻitlar Ruminiya, Xitoy, Afgʻoniston, Moʻgʻuliston, Polsha va Turkmaniston kabi davlatlarga eksport qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер