Fargʻona viloyatida koʻp qavatli uyning yertoʻlasi yonib ketdi
2022-yilning 1-yanvar kuni Fargʻona viloyatining Margʻilon shahridagi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Departamentga Tinchlik koʻchasidagi koʻp qavatli uyning yertoʻlasida yongʻin chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Soat 15:50 da oʻt oʻchirish boʻlimi voqea joyiga yetib keldi va soat 15:53 da yongʻin toʻliq oʻchirildi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring