Fargʻona viloyatida birdaniga ikkita avtomobil yonib ketdi
Fargʻona viloyatida bir vaqtning oʻzida ikkita avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 14-dekabr kuni soat 20:00 da Fargʻona viloyati Margʻilon shahri Ahmad Yassaviy koʻchasidagi “Yogʻdu” kafesi oldida 1991-yilda tugʻilgan “Damas” haydovchisi “Cobalt” rusumli avtomashinani oʻtkazib yubormay, chapga burilib ketgan. Shundan soʻng toʻqnashuv sodir boʻlib, natijada “Damas” avtomobili yonib ketgan. Voqea joyiga FVV xodimlari yetib kelib, yongʻinni oʻchirishdi.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring