Fargʻona tumani hokimi oʻzgardi

11:54 17 Iyul 2020 Jamiyat
2655 0

Bugun xalq deputatlari Fargʻona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Shu paytgacha Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlagan Shuhratjon Azimovich Moʻminov Fargʻona tumani hokimi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz raisligida joriy yil 8-iyul kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Fargʻona tumani hokimi Ilhomjon Nosirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер