Fargʻona aeroportida yangi qoʻnish tizimi oʻrnatildi
Fargʻona xalqaro aeroportida 11-dekabr kuni “Oʻzaeronavigatsiya” DUK mutaxassislari tomonidan ILS/DME qoʻnish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar yakunlandi.
Modernizatsiya ishlari yakunlangach, mahsus havo kemasi tomonidan tizimning Oʻzbekiston Respublikasi va ICAO xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinov parvozi oʻtkazildi.
Fargʻona aeroportidagi zamonaviy ILS/DME qoʻnish tizimi murakkab meteorologik sharoitlarda havo kemalarining qoʻnishini va aerodrom hududida parvozlar xavfsizligini taʼminlaydi hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshiradi.
Fargʻona aeroporti odatiy rejimda ishlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring