FarDU “Yil universiteti — 2023” xalqaro nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

10:18 02 Dekabr 2023 Jamiyat
697 0

Kanadaning Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (International Achiyevements Research Center – “IARC” ) xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo miqyosida oʻtkazilgan “Yil rektori — 2023”, “Yil universiteti — 2023” xalqaro tanlovi reytingi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda FarDU Axborot xizmati maʼlum qildi.

Dunyoning eng nufuzli xalqaro ekspertlari va “IARC” Hakamlar qoʻmitasi xulosasiga koʻra, Fargʻona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov — boshqaruvga innovatsion yondashuv, sifatli taʼlim va zamonaviy taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirilishi, universitetning oʻquv-texnologik jihozlari sifat darajasi, talabalarning ijodiy va sport sohasidagi yuqori salohiyati, jamoada korporativ madaniyatni shakllantirilishi natijalari boʻyicha — Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazining (IARC “Yil rektori — 2023” tanlovi reytingda yuqori koʻrsatkichlar bilan gʻolib, deb topildi.

Shuningdek, Fargʻona davlat universiteti — strategik, korporativ va individual rivojlanish darajasi boʻyicha Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (IARC) reytingida “Yil universiteti — 2023” nominatsiyasi gʻolibi, deya eʼtirof etildi.

Ushbu xalqaro tadqiqot markazi direktori, doktor Maykl Finnen tomonidan yoʻllangan tabrik xatiga koʻra, FarDU rektoriga Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi — IARC rasmiy veb-saytining “Xalqaro tribuna” boʻlimida oʻz ilmiy maqolalarini (https://achievementscenter.com/iarc-events/academic-honor-society/international-tribune/about-international-tribune) erkin joylashtirish hamda “Yil rektori — 2023” brendidan abadiy foydalanish xalqaro huquqi berilganligi maʼlum qilingan.

Qayd etish kerakki, joriy yilgi reytingdan 3 nafar gʻolib rektorlar — Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda Birlashgan Arab Amirliklari universiteti rektori, professor Galeb Ali Alhadrami Albreiki, Namibiya fan va texnologiya universiteti rektori (PhD) Erold Rold Naomab oʻrin olgan.

Ushbu xalqaro tanlovning maqsadi — oliy taʼlim muassasalarini yillar davomida erishgan xalqaro yutuqlarini jahon hamjamiyatiga keng namoyish etishga qaratilgan. Bunda mahalliy, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda jahon andozalari darajasidagi muassasa boʻlish uchun katta salohiyat va ijodkorlikni namoyon etgan hamda ilm-fanga salmoqli hissa qoʻshgan innovatsion oliy taʼlim muassasalari jamoatchilik tomonidan eʼtirof etiladi va taqdirlanadi.

FarDU Axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер