Yevrotunneldagi nosozlik Buyuk Britaniya va Yevropa oʻrtasidagi poyezd qatnovini “falaj” qildi

16:34 31 Dekabr 2025 Dunyo
519 0

Buyuk Britaniya va Fransiya oʻrtasidagi deyarli barcha tunnel poyezdlari jiddiy nosozlik tufayli toʻxtab qoldi. Bu haqida BILD nashri maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, tunneldagi nosozlik kabellarning shikastlangani va elektr taʼminotidagi muammolar sabab yuzaga kelgan. Internetda tarqalgan videotasvirlarda temir yoʻl yoqasida elektr kabellarining chigallashib yotganini koʻrish mumkin.

Maʼlum boʻlishicha, ayni vaqtda mazkur liniya boʻylab faqat bitta qatnov yoʻli faoliyat yurityapti. U ham boʻlsa sezilarli kechikishlarga duch kelmoqda.

Hozirda minglab yoʻlovchilar “London St. Pancras International” va “Paris Gare du Nord” vokzallarida qolib ketishgan. Poyezdlarga chiqishga ulgurgan yoʻlovchilar ham turli qiyinchiliklarga duch kelgan. Xususan, koʻplab yoʻlovchilar ijtimoiy tarmoqlarda hatto poyezdlardagi hojatxonalar ham ishlamay qolgani haqida yozishmoqda.

“Biz Yangi yilni uyda, oila aʼzolarimiz va doʻstlarimiz bilan nishonlashga umid qilamiz. Poyezd ichkarisi qorongʻi, yoʻlovchilar kutishmoqda. Hamma xavotirda”, — deydi yoʻlovchilardan biri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер