Yevropaning yirik aviatashuvchisi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda
Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 3-4-oktyabr kunlari Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chogʻida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi. Xususan, “Wizz Air” aviakompaniyasining Oʻzbekiston bozoriga kirishi hamda Yevropa mamlakatlari va Oʻzbekiston shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Joriy yil 13-dekabrdan “Wizz Air Abu-Dhabi” aviakompaniyasi “Abu-Dabi – Samarqand” yoʻnalishi boʻylab parvozlarni amalga oshira boshlashi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Aviakompaniya uchun Vengriya va Oʻzbekistonning yirik shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyish strategik maqsadlardan biri ekanligi alohida taʼkidlandi.
Muzokara davomida noyabr oyida “Wizz Air” aviakompaniyasi Bosh ijrochi direktori Yojef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga amaliy safarini tashkil etish va Oʻzbekistonning vakolatli idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “Wizz Air”ning ekspertlar delegatsiyasining joriy yil noyabr oyida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi Vengriya delegatsiyasi tarkibida Samarqand shahriga borishi va u yerda tashkil etiladigan biznes-forumda ishtirok etishi masalalari ham muhokama qilindi.
“Wizz Air” bugungi kunda Yevropadagi eng tez rivojlanayotgan aviakompaniya boʻlib, 2030-yilga kelib oʻz texnika parkini 500 ta samolyotga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kompaniya har bir yoʻlovchining arzon narxlarda xavfsiz va ishonchli parvoz qilishini taʼminlashni asosiy vazifa deb belgilagan. Bugungi kunda “Wizz Air” Vengriya, Malta, Buyuk Britaniya va BAAdagi 4 ta aviakompaniyalarni birlashtiradi. Aviakompaniya 51 ta davlatga xizmat koʻrsatuvchi keng tarmoqqa ega.
Aviakompaniya ultra-loukoster tipidagi kompaniya boʻlib, aviachiptalar narxi boshqa loukoster aviakompaniyalarga qaraganda 30-40 foizgacha va anʼanaviy aviakompaniyalarga qaraganda 50 foizgacha arzon hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring