Yevropaning eng keksa fuqarosi koronavirusni yengdi. U 117 yoshda

15:11 09 Fevral 2021 Dunyo
743 0

Yevropa va Fransiyaning eng keksa fuqarosi Lyusil Randon 117 yoshga toʻlishidan sal oldin koronavirus infeksiyasini yengdi. Bu haqda Fransiyaning “Var-Matin” gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Tulon shahridagi Qariyalar uyida yashayotgan ayolning "Covid-19» bilan zararlangani 16-yanvar kuni maʼlum boʻlgan. Randon xonimning aytishicha, koronavirusni yuqtirib olgani hatto bilmagan ham, unda kasallikning alomatlari namoyon boʻlmagan.

Lyusil Randon 1904-yilning 11-fevral kuni tugʻilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер