Yevropada koronavirusga qarshi vaksina yil oxirigacha yaratilishi moʻljallanmoqda
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen koronavirusga qarshi vaksinani yil oxirigacha yaratish moʻljallanayotganini maʼlum qildi. U bu haqda Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
“Bu borada umid baxsh etadigan izlanishlar olib borayotgan uchta jamoaning ikkitasi Yevropada. Ular tez orada klinik sinovlarni boshlashni rejalashtirishyapti, — dedi u. — Shundan soʻng bozor va ommaviy ishlab chiqarish yoʻlida qadamlar qoʻyiladi. Yil oxirigacha vaksinani ishlab chiqish yakunlanadi degan umiddaman.
Tezkorlik bilan emlashning uddasidan chiqish uchun esa hozirdanoq dunyo boʻylab ishlab chiqarish quvvatlari haqida kompaniyalar bilan gaplashyapmiz.
Hozirda vaksinasiz keksa odamlar bilan muloqot qilish birmuncha cheklangan.
Biz virus bilan bir necha oylar, balki kelgusi yil mobaynida ham birga “yashash”ga koʻnikishimiz kerak”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring