Yevropada koronavirusdan ilk oʻlim qayd etildi
Фото:rbc.ru
Fransiyada koronavirusga chalingan xitoylik sayyoh vafot etdi. Bu Osiyodan tashqarida qayd etilgan yangi kasallikdan ilk oʻlim holatidir, deb xabar berdi BFM TV Fransiya sogʻliqni saqlash vaziri Anges Bouzen.
Uning soʻzlariga koʻra, Xubey viloyatidan boʻlgan 80 yoshli erkak Fransiyaga 16-yanvarda kelgan. U 25-yanvarda koronavirus simptomlari bilan kasalxonaga yotqizilgan
Bouzenning qoʻshimcha qilishicha, xitoylik sayyoh bilan birga uning qizi ham koronavirus yuqtirganligi aniqlanib kasalxonaga yotqizilgan. Vazirning soʻzlariga koʻra, ayolning salomatligi yaxshi va tez kunlarda unga javob beriladi.
Bugunga qadar Xitoydan tashqari Gonkong, Yaponiya va Filippinda uchta oʻlim holati qayd etilgandi. Hammasi boʻlib 1526 kishi kasallik qurboniga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring