Yevropada futbolchilarga eng koʻp maosh beruvchi jamoa nomi eʼlon qilindi
Foto: ua-football.com
“PSJ” futbolchilarning maoshi boʻyicha Yevropada yetakchi deb eʼlon qilindi. Bu haqda “LʼÉquipe” nashri maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, parijliklar futbolchilariga jami 629 million yevro miqdorida yillik maosh beradi. Bu esa Yevropada eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Bu summa butun Fransiya birinchi divizioni klublari futbolchilarga beradigan maoshning 37 foiziga teng.
Klubda eng yuqori maoshni Lionel Messi oladi. Undan keyingi oʻrinlarda Neymar, Kilian Mbappelar joy olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring