Yevropada evtanaziya qonuniylashtirgan davlatlar soni yana bittaga koʻpaydi

19:52 18 Mart 2021 Dunyo
2769 0

Illyustrativ foto

Ispaniya deputatlar kongressi (parlamentning quyi palatasi) evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish)ni qonuniylashtirdi.

“Reuters” axborot agentligining xabariga koʻra, mamlakatda evtanaziya tartibini tartibga soluvchi qonun loyihasini nihoyat maʼqullangan. Ushbu tashabbusni 350 deputatdan 202 nafari qoʻllab-quvvatlagan. Hujjat oy ichida kuchga kirishi kutilmoqda.

“Bugun muhim kun: biz inson huquqlarining toʻliq tan olinishiga yaqinlashmoqdamiz. Biz yana-da insonparvar va adolatli jamiyat sari boryapmiz”, deydi ushbu holatga izoh bergan Ispaniya sogʻliqni saqlash vaziri Karolina Darias.

Qonun oʻta xavfli kasallarga yoki ogʻir surunkali kasalliklarga chalingan, chidab boʻlmas jismoniy yoki ruhiy azob-uqubatlarga olib keladigan va davolanib boʻlmaydigan kishilarga evtanaziya huquqini tartibga solish uchun ishlab chiqilgan.

Loyihaga koʻra, mamlakatning voyaga etgan fuqarosi (yoki yashash uchun ruxsatnomasi boʻlgan shaxslar) evtanaziya soʻrashi mumkin. U oʻz xohishini kamida toʻrt marta tasdiqlashi kerak. Ushbu qarorni faqat bemorning oʻzi qabul qilishi lozim. Soʻrov shifokorlar va maxsus qoʻmita aʼzolari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Shunday qilib, Ispaniya evtanaziyani qonuniylashtirgan Yevropaning toʻrtinchi davlatiga aylanadi. Bungacha Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiya shunday qarorga kelgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер