Yevropa mamlakatlariga AQSHdan qurol sotib olishni qisqartirish taklif qilindi
Arxiv foto
AQSHdan tayyor qurollarni sotib olish Vashingtonning noaniq pozitsiyasi tufayli Yevropa xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu fikrlarni Yevropaning “Airbus” samolyotsozlik konserni mudofaa va kosmik boʻlimi rahbari Maykl Shellhorn aytib oʻtdi.
Shellhorn taʼkidlashicha, Amerika tomoni har qanday vaqtda yetkazib berishni toʻxtata oladigan ishonchsiz hamkordir. Yevropa mudofaa-sanoat majmuasi silkinishga muhtoj, bu esa milliy mudofaa byudjetlari hajmini oshirishni va mintaqa davlatlari oʻrtasida harbiy jihatlar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishni talab qiladi.
Bir kun avval Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Bryusseldagi favqulodda sammit chogʻida mintaqani qayta qurollantirish boʻyicha yakuniy bayonotni qabul qilgan edi. Hujjatga koʻra, Yevropa xavfsizlikka tahdidlarga mustaqil ravishda qarshi turishi kerak. Shu bois sammit ishtirokchilari Yevropa Komissiyasidan ittifoq darajasida mudofaa moliyalashtirishning yangi manbalarini ishlab chiqishni soʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring