Yevropa Ittifoqi va AQSH Ukrainaga koʻmak uchun 800 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda
Politico nashri hujjatga tayanilgan holda xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi va AQSH oʻt ochish toʻxtatilganidan keyin Ukrainaga yordam koʻrsatish maqsadida davlat va xususiy manbalardan jami 800 milliard dollar mablagʻ jalb etish niyatida.
Qayd etilishicha, keyingi 10 yil davomida Yevropa Ittifoqi, AQSH hamda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi xalqaro moliya institutlari kamida 500 milliard dollar miqdoridagi davlat va xususiy kapitalni ajratish boʻyicha majburiyat olgan.
Yevropa komissiyasi Ukrainaga koʻmak berish uchun alohida ravishda taxminan 100 milliard yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, aniq miqdori belgilanmagan mablagʻlar Ukraina tiklanishi uchun moʻljallangan investitsiya jamgʻarmasidan ajratiladi.
Hujjatga koʻra, moliyalashtirish strategiyasi 2040-yilga qadar moʻljallangan boʻlib, unda ilk 100 kunlik tezkor harakatlar rejasi ham nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring