Yevropa AQSHsiz xavfsizlik tizimini yaratishi kerak — Italiya bosh vaziri
Foto: Global Look Press
Yevropa Ittifoqi AQSH manfaatlarini hisobga olmagan holda, NATO ichida mustaqil ravishda xavfsizlik tizimini yaratishi kerak. Bu fikrni Italiya bosh vaziri Jorja Meloni NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening Vashingtonga tashrifidan soʻng aytib oʻtdi.
“Yevropa masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi va ittifoqning Yevropa ustunini jasorat bilan qurishi, birinchi navbatda, oʻz xavfsizligini kafolatlashi kerak”, — deydi Meloni.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi allaqachon AQSHga koʻplab xoʻrlashlar va tanbehlarga koʻz yummasligini aniq aytgan. Shu oʻrinda Italiya bosh vaziri sifatida u Grenlandiya bilan bogʻliq vaziyatni va tarif kelishuvlari masalasini tilga olgan.
“Nihoyat, biz Italiya rozi boʻlmagan va Italiya ishtirok etmayotgan AQSH — Eron urushi bilan ham shunday qildik”, — deydi siyosatchi.
Avvalroq, Donald Tramp NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan yopiq uchrashuvda ittifoqchilarini keskin tanqid qilib, ularning Eron atrofidagi vaziyatga nisbatan pozitsiyasidan noroziligini bildirgani haqida xabarlar tarqagandi. Manbalarga koʻra, AQSH prezidenti Yevropa mamlakatlaridan qoʻllab-quvvatlov yoʻqligi sababli javob choralarini koʻrib chiqayotganini koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring