O‘zbekistonda bir oyda rekord darajada elektromobil sotildi
Arxiv foto
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining YHXX ma’lumotlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda fevral oyida elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etdi, bu yanvar oyiga nisbatan 73 foizga ko‘proq.
Eng ko‘p elektromobillar Toshkent shahrida sotilgan — 549 dona.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 786 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 705 ta
— Gonkong – 56 ta
— Germaniya – 15 ta
— BAA – 5 ta
— Koreya – 2 ta
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring