EURONEWS telekanali Focus dasturida Oʻzbekiston haqida videoreportaj tayyorladi
Videoreportajda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-yigʻilishida bildirilgan tashabbuslari haqida hikoya qilinadi.
Videoda Markaziy Osiyoni global transport koridorlariga integratsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli loyihalar yoritilgan. Bundan tashqari, tahliliy dasturda uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekistonga energetik mustaqillikni qoʻlga kiritish imkonini beradigan strategik ahamiyatga ega energetika inshootlari qurilishi haqida soʻz boradi.
Maxsus reportajda tarmoqlar boʻyicha yetakchi maʼruzachilar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Energetika vaziri Alisher Sultanov va boshqalarning intervyulari yoritilgan.
EURONEWS telekanalida reportaj joriy yilning 11-18-noyabr kunlari namoyish etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring