YTTB vakillari bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

12:11 05 Dekabr 2023 Siyosat
351 0

Joriy yilning 24-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi. Unda YTTBning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Jujanna Xargitay, Bankning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining ayni paytdagi rahbari Alkis Drakinos va uning oʻrniga sentyabr oyidan ishga kirishuvchi rahbar Andi Aranitasi ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibida iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvorliklar va YTTB tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan koʻmak masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, YTTB bilan hamkorlik boʻyicha joriy yil natijalari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Sh.Kudbiyev Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish boʻyicha YTTB bilan hamkorlikni jadallashtirish zarurligini alohida taʼkidladi.

“Oʻzbekistonning demografik salohiyatidan keng foydalanishimiz kerak. Hozir juda katta imkoniyatlar mavjud. Yaʼni aholining real daromadlari oʻsib boryapti. Oʻz navbatida, tadbirkorlik ham jadal rivojlanmoqda. Bunday vaziyatda aholining toʻlov qobiliyati xam yetarli”, — dedi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev.

Bundan tashqari, kichik biznesni rivojlantirish strategiyasi, DXSH loyihalari va kapital bozorini rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер