Eski koʻp qavatli uylar seysmik zaifligi sabab buziladi va oʻrniga yangi koʻp qavatli uylar quriladi
Foto: Illustrativ foto
Prezident qarori bilan, 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi va xatlov natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
Bunda, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi koʻp kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.
Shuningdek, 2022-yil 1-avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng toʻgʻri harakat qilishga mustaqil oʻrgatish uchun moʻljallangan mobil ilovani ishlab chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring